Peruda mamlakat bosh vaziri Pedro Katerianoning vertolyoti yaqiniga yugurib kelgan 20 yoshli talaba qiz halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Lino Sapata Feyxo akasining noqonuniy qamoqqa olinganligi haqidagi xatni Katerianoga berish uchun vertolyot yaqiniga otilib chiqdi.
Vertolyot parragi uning boshini uzib yubordi. Yuz bergan hodisadan so‘ng, bosh vazir ish yuzasidan safarini to‘xtatdi. Hukumat hodisa yuzasidan surishtiruv olib borishga va yuz bergan voqea uchun javobgar, vazirni qo‘riqlovchi xodimlarni jazolashga va’da berdi.
Izoh (0)