AQSh prezidentligiga nomzodini ilgari surish uchun kurashayotgan Hillari Klinton Kim Kardashyan va Kanye Uest bilan selfiga tushdi, deb xabar bermoqda “Contactmusic.com”.
Model fotosuratni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan va #HillaryForPresident xeshtegi bilan “Men selfiga tushdim! Menga uning gapirishini va mamlakatimiz uchun maqsadlarini eshitish juda yoqdi”, deb yozgan.
Qayd etilishicha, fotosurat xonanda Jastin Biberning menejeri Skuter Braunning Los-Anjelesdagi uyida bo‘lib o‘tgan xayriya kechasida olingan. Bungacha Kardashyan Instagram’da Hillari Klintonni AQShning bo‘lajak prezidenti deb atagani aytilgan.
Izoh (0)