Nafaqat musiqa, balki moda olamining ham qirolichasi sanaladigan Beyonsening shundoq ham hashamatli garderobi yana bir nodir va qimmatbaho buyum bilan boyidi: Buyuk Britaniyaning Borgezie modalar uyi tomonidan yaratilgan brilliant poyafzal uchun 200 ming funt yoki 312,3 ming dollar sarflandi. Beyonse uni yangi klipi uchun xarid qilgan. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Ushbu kolleksiya Diamond Princess Constellation deya nomlanadi va buyurtmachi istagiga ko‘ra faqat tilla yoki platinadan tayyorlanadi va mingdan ziyod brilliantlar bilan bezaladi. Zargarlik san’atining mo‘jizasi deyishga arzigulik poyafzalni yaratishga uch hafta vaqt sarflandi va umrbod kafolatga ega bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida: bisotida Diamond Princess Constellation poyafzali bor ekanligi bilan xonandadan tashqari nomi oshkor etilmagan dubaylik xonimgina maqtana oladi, xolos.
Izoh (0)