Shveysariyaning Alp tog‘lari bo‘ylab sayohat qilayotgan germaniyalik sayyoh ayolni yaylovlardan birida sigirlar bosib o‘ldirdi, deb xabar beradi The Daily Mail.
Hodisa Laks kommunasi yaqinidagi Graubyunden kantonida sodir bo‘ldi. 77 yoshli sayohatchi ayol ogohlantiruvchi belgilarga qaramasdan, sigirlar o‘tlayotgan dala to‘sig‘idan o‘tib, yaylovga kirishga qaror qildi. Bu paytda to‘siq kuchlanish ostida bo‘lgan.
Yerda yotgan ayolni mahalliy fuqaro ko‘rib qoldi, hamda politsiya va tez yordamni chaqirdi. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi. Yetkazilgan shikastlanishlar natijasida ayol halok bo‘ldi.
Izoh (0)