AQSh prezidenti Baraka Obama amerikalik harbiylar tomonidan tayyorlangan isyonchilarning bo‘linmalariga Suriya hukumati yoki boshqa guruhlar tomonidan hujum qilingan taqdirda AQSh harbiy havo kuchlari ularning pozitsiyalariga aviazarbalar berishiga ruxsat etdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
Ushbu qaror AQSh Qurolli kuchlari Suriya mojarosida o‘z ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun qanday rol o‘ynashi lozimligi to‘g‘risida bir oy davom etgan munozaralardan keyin qabul qilingan.
Ekspertlar Pentagon tomonidan tayyorlangan isyonchilarni himoya qilish g‘oyasi AQSh harbiylarining Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlari bilan ilk marta ochiq mojaroda to‘qnash kelishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirgan.
Izoh (0)