“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkent—Qo‘ng‘irot—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd joriy qilib, bu yo‘nalishdagi qatnovlarni haftasiga to‘rt martaga yetkazdi, deb xabar bermoqda “Anons.uz”.
Endi poyezd seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari harakatlanadi.
Yangi qo‘shilgan 54/53-raqamli reys Toshkentdan payshanba kuni soat 16:50 da yo‘lga chiqadi.
Izoh (0)