Vyetnamning Kuangnin viloyatida suv toshqini oqibatida 14 kishi, shu jumladan bir nafar ayol va ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Jala yog‘ishi natijasida Xalong ko‘rfazi yaqinidagi Vyetnam viloyatida oxirgi 40 yil ichidagi eng kuchli suv toshqini yuzaga keldi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi vakillarining ma’lum qilishicha, yana uch kishi bedarak yo‘qolgan. Minglab askarlar mahalliy aholini suv tagida qolgan hududlardan evakuatsiya qilishga yordam bermoqda.
Izoh (0)