Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning o‘g‘li Aleksandr Yanukovichga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 110,37 million griven saqlanayotgan MAKO-Treydingning bankdagi hisobi xatlab qo‘yildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Sud qarorida xatlov 2014-yilning may oyida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining sudgacha tergov bosqichi doirasida amalga oshirilganligi ta’kidlangan.
Aleksandr Yanukovich soliq to‘lashdan bosh tortganlik va mol-mulkni qonunga xilof ravishda sarflaganlikda gumon qilinmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2013-yil mobaynida “Artyomovsk Vayneri” xususiy aksiyadorlik jamiyati rahbari bilan oldindan til biriktirib, soliq to‘lovlarini to‘lamaslik rejasini ishlab chiqqan.
Izoh (0)