Xitoy o‘yin konsollarini sotish va ishlab chiqarishga qo‘yilgan taqiqni butunlay bekor qiladi, deb xabar bermoqda Meduza. Hozirgacha xorijlik ishlab chiqaruvchilar faqatgina Shanxayda ishlashi mumkin edi.
Shu tariqa dunyoning aholisi eng ko‘p davlati Sony, Microsoft va boshqa gigantlar uchun o‘z bozorini ochadi. Konsollar taqiqlangani tufayli Xitoyda mobil va kompyuter o‘yinlari bozori juda rivojlangan, shuningdek “taqiqlangan” Xbox va PlayStation sotiladigan qora bozor mavjud edi.
O‘yin konsollari mahalliy yoshlarga zarar keltiradi, deb hisoblangani uchun 2000-yilda taqiqlangan. 2014-yilda taqiq dastlab Shanxayda, keyin boshqa mintaqalarda olib tashlana boshlangan va bu tajriba muvaffaqiyatli deb hisoblangan.
Izoh (0)