Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi Nalchik shahridagi ko‘p qavatli uyda bir guruh jangarilar qurshovga olinganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Avvalroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jangarilar bilan otishma boshlagani ma’lum qilingan.
Soat 5:00 dan boshlab (Toshkent vaqti bilan) Nalchikning Lenin, Kuashev, Ribalko, Shors, Kabardinskaya va Tolstoy ko‘chalari orasidagi hududda aksilterror operatsiya rejimi kiritilgan.
Izoh (0)