Fransiyalik aktyor Jerar Depardye hamda serbiyalik musiqachi va rejissor Emir Kusturitsa Ukraina Madaniyat vazirligining qora ro‘yxatiga kiritildi, deb xabar beradi “Eurointegration.com.ua”.
Ma’lumotlarga qaraganda, 3-avgust kuni chop etiladigan ro‘yxatda dunyoning turli mamlakatlaridan 600 ga yaqin madaniyat arboblari mavjud. Ular nafaqat Ukrainaga tashrif buyura olmaydi, balki ularning qo‘shiqlari va ishtirok etgan filmlarini namoyish etish hamda tarqatish taqiqlanadi.
Ro‘yxatga “Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid qiluvchi” kishilar kiritilgan. Jerar Depardye 2014-yilning avgust oyida Latviyadagi kinofestivalda “Rossiya va uning bir qismi hisoblangan Ukrainani yaxshi ko‘rishi”ni e’lon qilganidan keyin ro‘yxatga qo‘shilgan.
Izoh (0)