Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning Lvov viloyati Yavorov poligonida jahonning 18 mamlakatidan kelgan 1,8 ming harbiy xizmatchi ishtirokida Rapid Trident mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @EuromaidanPR

Foto: Twitter / @EuromaidanPR

Ukraina mashg‘ulotlar uchun 800 nafar zobit va kursantlarni yubordi, yana 500 kishi AQShdan kelgan. Mashg‘ulotlarda ishtirok etayotganlar orasida Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Gruziya, Moldova, Germaniya, Buyuk Britaniya va Polsha harbiylari bor.

Ukraina Mudofaa vazirligi axborotida qayd etilishicha, mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad — Donbassdagi harbiy operatsiya tajribasidan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchilarning mudofaa harakatlarini olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Vazirlik vakili Aleksandr Poronyukning “112 Ukraina” telekanaliga ma’lum qilishicha, “mashg‘ulotlar ssenariysi mamlakat sharqidagi voqea-hodisalarga yetarli darajada qat’iy” bog‘langan.

“Avvalgi harbiy mashg‘ulotlarning ssenariylari uchun xos bo‘lmagan boshqa formatdagi axborot urushlariga ayniqsa ko‘p e’tibor qaratilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Poronyuk.

Lvov viloyatida ikki hafta davom etadigan Rapid Trident harbiy o‘quv-mashqlarida qariyb 900 dona qurol-yarog‘ va 130 ga yaqin harbiy avtomobil va jangovar mashinalardan foydalaniladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?