Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDR shimoldagi yurtdoshlariga har qanday yo‘l bilan zarar yetkazishga urinayotgan Janubiy Koreya bilan muzokaralarda ishtirok etmaydi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning yetakchi gazetasi mamlakat rahbariyati fikrini bildirgan holda bayonot berdi, deb yozadi “TASS”.

Foto: trend.az

Foto: trend.az

Partiya nashri fikricha, “qo‘g‘irchoq hukumat, avvalo, koreys xalqidan Koreya yarim orolida tanglikning keskin o‘sishiga sabab bo‘lgan xatti-harakatlari uchun uzr so‘rashi kerak”.

“Janubiy Koreya hukumati muzokaralar haqida quruq gaplar gapirgandan ko‘ra, KXDRga qaratilgan jinoyatkorona qarama-qarshilik siyosatidan zudlik bilan voz kechishi kerak”, — deb yozadi gazeta.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya hukumati KXDR 9—11-sentabr kunlari Seulda mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda qatnashishdan bosh tortgani uchun hafsalasi pir bo‘lgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...