Ispaniyaning Gretsiyaga moliyaviy yordam uchinchi paketidagi hissasi yaqin uch yil ichida o‘n milliard yevroga yaqin mablag‘ni tashkil etadi, deb xabar beradi “Eurointegration.com”.
Bosh vazir Mariano Raxoyning ma’lum qilishicha, Ispaniya Gretsiya uchun mo‘ljallangan uchinchi dastur doirasida 12 foizga kafolat beradi.
Moliyaviy yordamning umumiy miqdori 82—86 milliard yevroni tashkil etadi, shu tariqa undagi Ispaniya ulushi o‘n milliard yevroga yaqin mablag‘dan iborat bo'ladi.
O‘tgan yillar mobaynida Ispaniya Gretsiyaga 26 milliard yevro moliyaviy yordam ajratgan edi.
Izoh (0)