Chevrolet Malibu va Impala sedanlarining uskunalari ro‘yxatidan 2016-yilda smartfonni sovituvchi tizim o‘rin oladi, deb xabar bermoqda “Motor.ru”. Joriy yilda esa ushbu funksiya yangi avlod Cruze va Volt avtomobillarida debyut qiladi.
Bunday funksiya old panelida telefonni simsiz quvvatlantirish uskunasi o‘rnatilgan avtomobillarda taklif etiladi. Buning uchun old panelda katta o‘zgarish qilinmagan — shunchaki simsiz quvvatlantirgich o‘rnatilgan quti konditsioner tizimi bilan birlashtirilgan.
Tizim avtomatik tarzda yonadi — haydovchi har safar avtomobilning iqlimiy qurilmasida haroratni pasaytirganda smartfonni sovitish tizimi ham ishga tushadi.
Izoh (0)