Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 644,065 yevrodan iborat turnir o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning bosh sovrini uchun kechgan final bahsida o‘zbekistonlik Denis Istomin ishtirok etdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.

Foto: nottinghampost.com

Foto: nottinghampost.com

O‘zbekistonning birinchi raketkasi faoliyatida yakkalikdagi ilk ATP titulini qo‘lga kiritdi. Denis finalda amerikalik Sem Kuerrini ikki setda 7:6, 7:6 hisobida mag‘lub etdi.

Taqqoslash uchun Sem dunyo reytingida 44, Denis esa 92-pog‘onadan joy olgan. Lekin Istomin finalgacha bo‘lgan barcha uchrashuvlarda reytingda o‘zidan yuqorida turgan raqiblarini mag‘lub etdi. Finalda ham shu an’ana davom etdi.

Istomin turnir g‘olibi sifatida 79,345 yevro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi