Bokuda o‘tkazilayotgan 2015-yilgi Yevropa o‘yinlarida baravar sakrash musobaqasida qatnashayotgan polshalik sportchi Bartolomey Ges batutdan yiqilib tushdi. Bu haqda “Oxu.az” xabar beradi.
Sportchi sakrashda trayektoriyani to‘g‘ri hisoblamadi va sport anjomining chekkasiga tushdi. Polga qulab tushayotgan Gesni batut yonida turgan volontyor tutib oldi. Natijada sportchi hech qanday jarohatsiz, maydonni mustaqil tark etdi.
Gesning xatosi tufayli uning Lukash Tomashevskiy bilan dueti 10,6 ball to‘plab, oxirgi 6-o‘rinni egalladi. Musobaqada 51,1 ball to‘plagan rossiyalik Mixail Melnik va Dmitriy Ushakov juftligi g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)