Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: court.gov.ua

Foto: court.gov.ua

Unda Oliy xo‘jalik sudining sudyalari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar, videokonferensaloqa tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar xo‘jalik sudlari sudyalari va prokuratura xodimlari ishtirok etdi.

Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi K.Komilov boshqarib bordi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 44-moddasida har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlangan. Fuqarolik kodeksiga asosan da’vo muddati – shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.

Da’vo muddatiga oid normalarni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti tahlili ushbu masalada tushuntirish berilishini taqozo etmoqda. Plenum majlisida “Xo‘jalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qaror loyihasi ko‘rib chiqildi. Unda fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatini qo‘llashga oid normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash yuzasidan xo‘jalik sudlariga aniq tushuntirishlar berilgan.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining protsessual muddatlariga oid normalarini xo‘jalik sudlari tomonidan qo‘llanilishining ayrim masalalari haqida”gi qaror loyihasi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Plenum majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev ishtirok etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar