Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud kinoyulduzi, BMTning ezgu niyat elchisi hisoblangan Anjelina Joli Afrika mamlakatlari yetakchilarini ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: TASS

Foto: TASS

“Ayollarga qarshi jinoyatlar uchun, ayniqsa, nizoli hududlarda jazoning amalda yo‘qligi qurollangan guruhlar zo‘ravonlikni qurol sifatida yanada kengroq qo‘llayotganliklarini bildiradi”, - dedi Joli Afrika Ittifoqining navbatdagi sammiti arafasida.

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, urushlar sabab 50 million aholi o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur va ularning yarmini ayollar va bolalar tashkil etadi. Zo‘ravonlik butun dunyoda mavjud, biroq Afrika ayollari bundan nisbatan ko‘p jabr chekishmoqda.

“Zo‘ravonlik qurboni bo‘layotgan ayollar va bolalar soni ortib bormoqda, o‘quvchi qizlarni esa jinsiy ehtiyojlar uchun qulga aylantirishmoqda. Turli mamlakatlar va butun dunyo iqtidorli avlodlarni yo‘qotmoqda”, - dedi Joli.

“Bularning bari nizolarni oldini olish va to‘xtatishga qodir emasligimiz bilan bevosita bog‘liq, bu hodisalar cheksiz-chegarasiz qayg‘u-alamlarga sabab bo‘lmoqda”, - deya qayd etdi ezgu niyat elchisi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi