Malayziyaning Pinang shtatida yashovchi fuqaro osmono‘par turar joy binosining 8-qavatidan qulab ketganligi va garaj tomini teshib o‘tganligiga qaramasdan, uning faqat bir nechta joyi ko‘kargan xolos, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ushbu hodisa guvohlaridan birining aytishicha, shunday balandlikdan tushib ketganligiga qaramay, u otasiga qo‘ng‘iroq qilib, nima sodir bo‘lganligi haqida xabar bera olgan.
Qo‘shnilarning fikrlariga qaraganda, ismi va yoshi oshkor etilmayotgan reklama xizmati xodimi tushkunlikka tushib qolgan va o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Agar ushbu taxminlar o‘z tasdig‘ini topsa, unga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin, chunki Malayziya jinoyat kodeksiga binoan o‘z joniga qasd qilishga urinish jinoyat sanalib, aybdorga nisbatan 1 yildan ko‘p bo‘lmagan qamoq yoki jarima jazolari belgilab qo‘yilgan.
Izoh (0)