KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi jangchilarining oziq-ovqat ta’minotini yaxshilab, xilma-xillashtirish haqida buyruq berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kim Chen In bunday buyruqni qayerda joylashgani ma’lum qilinmagan 264-harbiy qismga tashrif buyurgan vaqtda bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu harbiy qismda sabzavotlar ekib, chorvachilik bilan shug‘ullanish va baliq yetishtirish kerak.
Qayd etilishicha, Kim Chen In avvalroq 810-harbiy qism ixtiyorida bo‘lgan Sinchan baliqchilik xo‘jaligiga ham tashrif buyurgan.
Izoh (0)