Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bundan bir oz avval O‘FF rasmiy tvitteri orqali Yangi Zelandiyada bo‘lg‘usi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Panama yoshlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ushbu ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.

Foto: the-uff.com

Foto: the-uff.com

O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy tvitteri o‘z xatosi uchun uzr so‘rab, quyidagilarni ma’lum qildi:

“Texnik muammo sabab O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Panamaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganligi haqidagi xabarni e’tiborsiz qoldirasiz. Yangi Zelandiyadan aloqaga chiqqan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabiga ko‘ra, o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topgan.

Shu munosabat bilan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat haqida yozilgan tvitni inobatga olmaysiz. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytida berilgan xabarda uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlanganidan keyin ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra terma jamoalar penaltilar seriyasida o‘zaro bahs olib borgani aytilgan. Ushbu bahsda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5:3 hisobida ustun kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi birinchi uchrashuvini 1-iyun kuni Gonduras yoshlar termasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

24-may. Velington, Yangi Zelandiya

O‘zbekiston (U-20) — Panama (U-20) — 2:2

Gollar: Sardor Azimov, Eldor Shomurodov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi