Amerikalik Tanishk Abraam Sakramentodagi American River College’ni 11 yoshida uchta kichik mutaxassis diplomi bilan tugatdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
U matematika, tabiiy fanlar va xorijiy tilni o‘rgangan. Abraamning Twitter’da yozishicha, “katta maqsad sari ilk bolalik qadamlarini tashlagani uchun” juda mamnun bo‘lgan.
The Los Angeles Times yozishicha, agar hammasi reja bo‘yicha borsa, u doktor va tadqiqotchi shifokor, Nobel mukofoti sovrindori va AQSh prezidenti bo‘lmoqchi. Hozirda u bakalavr darajasini olishni rejalashtiryapti.
2014-yilda Abraam o‘rta maktabni tugatgan eng yosh o‘quvchi sifatida tanilgan edi. O‘shanda u AQSh prezidenti Barak Obamadan tabrik xati olgan.
Izoh (0)