Internetda Xitoydagi mahalliy xorlardan biri sahna bilan birga qulagani aks etgan video tarqaldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
https://www.youtube.com/watch?v=aKbo45Ji6vg
Hodisa Guychjou provinsiyasida joylashgan Bitszi shahridagi teatrlardan birida sodir bo‘lgan. Bosh repetitsiya chog‘ida ustida 80 kishilik xor bo‘lgan sahna sinib, qulab tushgan.
Repetitsiyaga kech qolgan uch nafar vokal ijrochisi qo‘shilgach, sahna buncha miqdordagi odamni ko‘tara olmagan. Natijada sakkiz kishi jarohat olgan, konsert esa bekor qilingan.
Izoh (0)