Xonanda Lola Yo‘ldosheva va Pomidor entertainment prodyuserlik markazi bilan hamkorlikda 9-may − Xotira va qadrlash kuni arafasida aksiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Aksiya doirasida tashkilotchilar hamda 23-sonli Mehribonlik uyining bir necha tarbiyalanuvchilari Toshkent shahrida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlarida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi.
Faxriylarga bolalar tomonidan yaratilgan ijod mahsullari sovg‘a qilindi. Faxriylarimiz o‘zlarining urush yillari bilan bog‘liq xotiralarini hayratlanarli voqealar misolida bolalarga so‘zlab berishdi.
Izoh (0)