Rossiyaning “Glavnaya ssena” musiqiy loyihasi g‘olibi bo‘lgan Sardor Eshmuhammedov (Milano) “Zvezdniy bulvar” internet-portaliga bergan intervyusida butun O‘zbekiston uning shoudagi ishtirokini kuzatganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
“Aytishim mumkinki, vatanim — butun O‘zbekistonda mening ushbu loyihadagi ishtirokim haqida bilmagan odam yo‘q. Barcha meni ham, ushbu loyihani ham kuzatib bordi va bu ajoyib!”, — dedi Sardor.
23 yoshli qo‘shiqchi loyihaning bosh sovrini bo‘lgan gastrol safarlari tafsilotlari hali ma’lum emasligini ham aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, faoliyatini Rossiyada davom ettirishga qaror qilgan.
Izoh (0)