Toshkentlik 74 yoshli sharmankachi (sharmanka – ko‘cha organi, musiqa chiqaruvchi quti) Gennadiy Chumachenko Rossiyaning Kursk viloyati drama teatri oldida paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 90-yillarda Rossiyaga otlanishdan oldin yarim asr Toshkentda yashab fotograflik bilan shug‘ullangan. O‘zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘istonga sayohat qilib, “ko‘chmanchi” hayotga o‘rgangan, yangi joylar, odamlar, taasurotlat izlagan. Bundan tashqari, doim sharmankaga qiziqib kelgan.
Qayd etilishicha, artist Rossiya bo‘ylab o‘z o‘g‘li bilan birgalikda sayohat qilmoqda. Konstantin ham sharmanka chala oladi. May oyida ular Kurskdan Nijniy Novgorod yoki Rostov-na-Donuga, u yerdan esa Anapa, Gelenjikka yo‘l oladi.
Izoh (0)