Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreyada xorijlik sayyohlar uchun mo‘ljallangan ikkinchi kurort ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

Pektusan tog‘i. Foto: Wikipedia

Pektusan tog‘i. Foto: Wikipedia

Mubong maxsus dam olish maskani mamlakatning eng baland nuqtasi bo‘lmish Pektusan tog‘i yaqinida barpo etiladi. Balandligi 2774 metr bo‘lgan vulqon KXDRning Xitoy bilan chegarasida joylashgan.

2015-yil fevral oyida Xitoy Rossiya va KXDR bilan chegara hududida turistik zona tashkil qilishni taklif qilgan edi. Ushbu maskan har bir davlat hududida 10 kilometr kvadrat hududni egallashi ko‘zda tutilgan.

Shimoliy Koreyada xorijliklar uchun ilk dam olish maskani 1998-yilda Kimgansan tog‘ida ochilgan. 2008-yilda shimoliy koreyalik askar plyajda sayr qilib yurib taqiqlangan hududga o‘tib qolgan sayyohni otib qo‘ygach Janubiy Koreya o‘z fuqarolariga ushbu kurortga borishni taqiqlab qo‘ygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar