Bugun, 22-aprel kuni, soat 09:15 da Qirg‘izistonning O‘sh viloyati O‘zgan tumanidagi mahalliy tug‘ruqxonada uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda tug‘ruqxona bosh shifokori “Turmush” nashriga ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Shifokorning aytishicha, egizaklar bir qiz va ikki o‘g‘il bo‘lib, hozirda ularning salomatligi yaxshi. “Qizning vazni 2 kg 600 gr, birinchi o‘g‘ilning vazni 2 kg 800 gr va ikkinchi o‘g‘ilning vazni esa 3 kg”, − dedi u. Egizaklarning onasi 31 yoshli Salida Raimbekova.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda bishkeklik 34 yoshli ayol to‘rt o‘g‘il egizaklarni dunyoga keltirgan edi.