Sardor Milano O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasiga taklif qilindi. Bu haqda Sardorning o‘zi Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Foto: Facebook / Sardor Milano

Foto: Facebook / Sardor Milano

“Bugun Moskvadagi elchixonamizga taklif qilindim. Iliq qabul, qo‘llab-quvvatlash so‘zlari uchun katta rahmat! Bu juda yoqimli”, − deb yozgan Sardor va tegishli fotosuratni ilova qilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Sardor Milano Rossiyadagi “Glavnaya ssena” musiqiy teleloyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.