Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston janubidagi Jambul viloyati Mo‘yinqum tumanida “Gazel” yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. NewsRU.com xabariga ko‘ra, hodisa natijasida 15 kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgan, halok bo‘lganlar orasida Qirg‘iziston fuqarolari ham bor.

Foto: NewsRU.com

Foto: NewsRU.com
“To‘qnashuv natijasida transport vositalari yonib ketgan, yong‘in joyida 14 kishining (“Gazel” haydovchisi va 13 yo‘lovchi, ulardan 3 nafari bola) kuyib ketgan jasadi topildi”, - deyiladi Qirg‘iziston FVV sayti xabarida. Yana bir yo‘lovchi kasalxonada vafot etgan.

Hodisa “Olma-Ota – Yekaterinburg” yo‘lining 487-kilometrida yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, mikroavtobus Bishkek tomon ketayotgan bo‘lib, uning salonida 19 kishi bo‘lgan.

Vazirlik saytida halok bo‘lganlardan olti nafarining, shifoxonaga yotqizilganlardan besh nafarining ism-familiyalari e’lon qilingan. Jami necha kishi jabrlangani va ularning ahvoli qandayligi haqida ma’lumot berilmagan. Avariyaga nima sabab bo‘lgani ham ma’lum emas.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi