Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonlik ikki bank menejerini o‘ldirishda ayblanayotgan Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq rahbari Alnur Musayev va Qozog‘iston prezidentini qo‘riqlash xizmati xodimi Vadim Koshlyak ustidan sud jarayoni seshanba kuni Venada boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Raxat Aliyev. Foto: RIA Novosti

Raxat Aliyev. Foto: RIA Novosti

Ushbu ish bo‘yicha bosh ayblanuvchi, Qozog‘istonning Avstriyadagi sobiq elchisi va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning sobiq kuyovi Raxat Aliyev fevral oyi oxirida Vena qamoqxonasida osilgan holda topilgan edi.

Sud jarayoni juda keng miqyosli bo‘ladi – hozircha 27ta sud majlisi belgilangan, 60ga yaqin (asosan, Qozog‘istondan) guvohlar chaqirilgan, uchta eskpertizaga buyurtma berilgan, rus tilini biladigan 10dan ortiq sud tarjimonlari va guvohlarni Qozog‘istondan olib kelish uchun sayyohlik agentligi yollangan.

Sud davomida Qozog‘istondagi, xususan, ozodlikdan mahrum etilgan guvohlarni videoaloqa orqali so‘roq qilish ham ko‘zda tutilgan. Avvalroq, Avstriya nashrlari sudga 90dan ortiq guvohlar kelishi, ularning 60dan ortig‘i Qozog‘istondan ekanligi haqida xabar bergan edi.

Ayblov tomonining ta’kidlashicha, “Nurbank”ga egalik qilgan Aliyev o‘zini, uning ortidan zararga ishlaydigan operatsiyalarni amalga oshirgan bank menejerlari tomonidan aldangan deb hisoblagan. Shu sababli Aliyev, Musayev va Koshlyak 2007-yil fevralida til biriktirishgan, natijada ikki menejer – Jo‘ldas Timraliyev va Aybar Husenov plastik qop va arqon yordamida bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Ularning jasadi 2011-yil may oyiga kelib chiqindixonada, ohak to‘ldirilgan metall bochkalarning ichidan topilgan.

Oqlov tomoni esa voqealaning bu talqinini “Qozog‘iston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan to‘qib chiqarilgan” deb hisoblamoqda. Ayblanuvchilarning advokatlari so‘zlariga ko‘ra, menejerlar Qozog‘iston rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan maxsus xizmatlar tomonidan o‘ldirilgan, ayblanuvchilar esa Aliyevning prezidentlikka intilishlari sabab siyosiy ta’qib obyektiga aylanishgan. Advokatlarning ta’kidlashicha, ayblov tomoni Qozog‘iston huquqni mufohaza qilish idoralari tomonidan taqdim etilgan yolg‘on ma’lumotlarga qasddan asoslanmoqda.

Bungacha Avstriya sudi Aliyev va uning sheriklarini Qozog‘istonga topshirishdan bir necha bor bosh tortgandi. Avstriya tomonining fikricha, Aliyev va uning sheriklarini Qozog‘istonda adolatli va mustaqil ravishda sud qilishlariga umid qilib bo‘lmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi