Indoneziya harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti Jakartadagi aeroportdan havoga ko‘tarilish vaqtida yonib ketdi. “Segodnya.ua”ning xabar berishicha, uchuvchi o‘zini evakuatsiya qilishga ulgurgan va jabrlanmagan.
Hozircha noma’lum bo‘lib turgan sababga ko‘ra, tezlik olish vaqtida samolyotning o‘ng shassisi ishdan chiqib, qayrilib ketgan va shundan so‘ng quyruq qismi yonishni boshlagan.
Xabar berishlaricha, hodisa joyida tergovchilar ish olib borishmoqda. Harbiy samolyotlardan tashqari hukumat laynerlariga ham xizmat ko‘rsatuvchi aeroportning bir qismi vaqtincha yopilgan.
Izoh (0)