Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari bozorining o‘sib borishi kuzatilmoqda. Dasturlar ishlab chiquvchi va ularni biznesning turli sohalariga joriy qiluvchi ko‘plab mahalliy kompaniyalar paydo bo‘lmoqda. Yosh, biroq bozorda o‘zini ko‘rsatishga ulgurgan kompaniyalar orasida Greenwhite Solutions ham bor. Kompaniya ishining asosiy yo‘nalishi biznesni avtomatlashtirish uchun dasturlar ishlab chiqish hisoblanadi.

Foto: Greenwhite Solutions

Foto: Greenwhite Solutions

Dastlabki mahsulot distribyutor−kompaniyalarning savdo vakillari ishini avtomatlashtirish uchun 2012-yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, Smartup FMCG nomini olgan. Smartup nomi inglizcha Smart (aqlli) va Startup (yangi loyiha) so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Bunday yechimlarning asosiy g‘oyasi zamonaviy texnologiyalar muvaffaqiyatli biznesni qurishda ajoyib yordamchi bo‘la olishiga qaratilgan.

Smartup FMCG ham mahalliy kompaniyalar, ham xorijiy brendlarning vakolatxonalari orasida tezda ommalashdi. Mahsulotning savdo vakillari uchun ishlab chiqilgan mobil versiyasi savdo nuqtasidagi qoldiq haqida ma’lumot to‘plash, reklama uskunasi monitoringini o‘tkazish, promo-materiallar hisobini yuritish, savdo nuqtasida chakana audit va turli so‘rovnomalar o‘tkazish, fotosuratlar olish, marketing tadqiqotlari uchun ma’lumot yig‘ish, va albatta to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma qabul qilish imkonini beradi.

Android operatsion tizimidagi istalgan qurilmada ishlovchi ilova xotirasida hech qanday ma’lumotni saqlaqmasligi mahsulotni iste’molchi uchun o‘ta xavfsizga aylantiradi. Barcha ma’lumotlar serverda ishonchli ravishda saqlanadi. Ofisdagi operator serverga oddiy internet brauzeri orqali bog‘lanib, real vaqt rejimida savdo vakillarining qayerda joylashganini kuzatishi, buyurtmalar bo‘yicha arizalar qabul qilishi va bevosita savdo nuqtasidan to‘plangan boshqa ma’lumotlarni ko‘rishi, tovarga ishlov berish va yuklash kabi ishlarni bajarishi mumkin.

Bundan tashqari, mahsulot kompaniyaning deyarli barcha bo‘limlari ishni o‘zida birlashtiradi. Dasturda omborxona va buxgalteriya hisobini yuritish imkoniyati amalga oshirilgan, hisobotlarning keng bazasi kiritilgan, xodimlar ish vaqti hisobini kiritish va sotish rejalarini qo‘yish tizimi mavjud. Ushbu tizimning joriy qilinishi xodimlarning ofisdan tashqaridagi ishi sifatini oshirish, ma’lumotlarni kiritish va hisoblashdagi xatolarni kamaytirish, ish tahlili uchun tahliliy ma’lumotlarni olish imkonini beradi.

Smartup FMCG faoliyatining muvaffaqiyatli tajribasi dasturchilarda farmatsevtika sohasi kompaniyalari uchun shunga o‘xshash mahsulot yaratish fikrini tug‘dirdi. Shu tariqa, 2013-yilda dasturning farmatsevtika kompaniyalari uchun Smartup PHARM versiyasi ishlab chiqildi. Dastur funksionali tibbiyot va farmatsevtika kompaniyalari vakillari ishining xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zgartirildi.

Foto: Greenwhite Solutions

Foto: Greenwhite Solutions

Tibbiyot savdo vakillari Smartup PHARM yordamida preparatlar yozib berilishi haqida ma’lumot to‘plashlari, dorixonalarda buyurtma qabul qilishlari, so‘rovnomalar o‘tkazishlari, tashriflar va taqdimotlar rejasini tuzishlari, menejerlar bilan birgalikda tashriflarni amalga oshirishlari mumkin. Onlayn rejimda ishlash barcha ma’lumotlarni ancha tez olish imkonini beradi, ko‘plab jarayonlarning avtomatlashuvi esa ish vaqti tejalishiga yordam beradi. Shuningdek, xorijiy farmatsevtika kompaniyalarining vakillari uchun maxsus chet eldagi bosh ofis bilan hisobotlar almashish tizimi ham ishlab chiqilgan.

Mahalliy kompaniya bo‘lgan Greenwhite Solutions dasturchilari nafaqat ichki bozor talablariga to‘liq javob beruvchi mahsulotni taqdim etmoqda, balki har doim mijozlarning xohishlariga qarab dasturni moslashtirib berishlari mumkin. Bu Smartup’ning xorijiy muqobil dasturlardan katta ustunligidir.

Smartup dasturlarini sotib olmoqchi bo‘lsangiz, Greenwhite Solutions kompaniyasi bilan quyidagi vositalar yordamida bog‘lanishingiz mumkin:

Telefon: (+998-71) 150-44-33.

Elektron pochta: info@greenwhite.uz.

Veb-sayt: Greenwhitesolutions.com

Reklama huquqlari asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?