Manxetten sudi o‘z eri bilan odatiy aloqa vositalari yordamida bog‘lana olmayotgan ayolga ajrashish to‘g‘risidagi hujjatlarni eriga Facebook orqali jo‘natishga ruxsat berdi, deb xabar qilmoqda “Tjournal.ru”.
Sudya Metyu Kuper 26 yoshli Ellanora Beyduga nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi arizani 2011-yildan buyon doimiy yashash joyi bo‘lmaga eri Viktor Sena Blud-Dzrakuga Facebook’da shaxsiy xabar orqali jo‘natishga ruxsat bergan.
Endi qizning advokati Endryu Spinnel Ellanoraning akkaunti orqali hujjatlarni uch hafta davomida har yetti kunda yoki erning ilk javobigacha jo‘natib turishi kerak.
Izoh (0)