Vishgorod tuman sudi Kiyev viloyati prokuraturasi da’vosini qondirdi va sobiq prezident Viktor Yanukovichning “Akatsiya” va “Ostrov” qarorgohlari joylashgan 5 gektarlik o‘rmonni davlatga qaytardi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Yanukovich prezidentligi davrida Kiyev viloyat davlat ma’muriyati davlat o‘rmon xo‘jaligidan yerni musodara qilib, uni qishloq xo‘jaligi yeriga aylantirgan. Vishgorod tuman ma’muriyati uni “xususiy dehqon xo‘jaligi”ni yuritish uchun olti fuqaroga bergan.
Eslatib o‘tamiz, mart boshida Kiyev viloyati apellyatsiya sudi sobiq prezident Viktor Yanukovichdan poytaxt atrofi bo‘ylab joylashgan 9 gektar o‘rmonzorlarni olib qo‘ygan edi. 5,2 million grivna qiymatiga ega yer maydoni “Dom lesnika” MChJga tegishli bo‘lgan.