NATOning Boltiq havo politsiyasiga qarashli qiruvchi samolyotlar 17-mart tongida Boltiq dengizi ustida harakatlangan Rossiyaning yettita harbiy samolyotini kuzatib qo‘yish uchun havoga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
“NATO Boltiq havo politsiyasining QRA ITA, ESP Typhoon samolyotlari 17-mart kuni Boltiq dengizi ustida Rossiyaning to‘rtta Su-27, ikkita An-26 va bitta An-12 samolyotlarini kuzatib qo‘yish uchun havoga ko‘tarildi”, − deb yozgan Latviya Mudofaa vazirligi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, NATOning Boltiq havo politsiyasi kuchlari avval ham bir necha marta Boltiq dengizi ustida Rossiya harbiy samolyotlarini kuzatib qo‘ygan edi.
Izoh (0)