“Pekin – 2008” olimpiya o‘yinlarining bronza medal sovrindori, o‘zbekistonlik sportchi Anton Fokin Fransiyaning Sent-Etyen-dyu-Ruvre shaharchasida o‘tkazilgan Fransiya Kubogida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Kelasi hafta Germaniyada start oladigan Jahon Kubogi bahslariga qizg‘in hozirlik ko‘rayotgan Anton Fokin uchun mazkur musobaqa o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab berdi.
Fransiya klublarining biri safida ishtirok etgan Fokinning brusda bajargan mashqi hakamlar tomonidan 15,6 ballga baholandi va u jamoasi bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)