Reuters axborot agentligi Qozog‘iston hukumatidagi manbaga tayanib Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘istonga tashrifining qoldirilishi uning betobligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyevning uchrashuviga Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham qo‘shilishi kutilgan edi. Endi Aleksandr Lukashenkoning Qozog‘istonga tashrifi ham amalga oshish-oshmasligi ma’lum emas.
Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari uchrashuvni bir necha kunga qoldirgan. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov yangi sana keyinroq e’lon qilinishini aytib, Rossiya prezidentining betobligi haqidagi xabarga izoh berishdan bosh tortgan.
Izoh (0)