Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida dunyoning eng yoshi ulug‘ insoni, uch asrning guvohi – 135 bahorni qarshilayotgan To‘ti momo Yusupova istiqomat qiladi, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ko‘hna Jayhun sohilida joylashgan To‘rtko‘l ovulining yoshu qarisi To‘ti momoga o‘z onasiday yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Biror xayrli ish boshlashdan oldin, albatta, momoning duosini oladi.

– Otamni Tojiboy, onamni Uljon deguvchi edi, – deydi To‘ti momo bir fursat tin olib. – Oilada bir o‘g‘il, ikki qiz edik, men to‘ng‘ichi bo‘lib, onamning dastyori edim. Otadan erta ajralganimiz bois, oilaning og‘ir tashvishi, bolalar tarbiyasi onamning yelkasida qoldi. U paytlar qishloqda ekin-tikin bilan, faqat yegulik ozuqa yetishtirish bilan tirikchilik qilardik.

Zamona zayli bilan To‘ti momo qismatiga har ikki jahon urushining og‘ir damlarini ko‘rish ham yozilgan ekan.

– Hech qachon mehnatdan qochmadim. Dalada ketmon chopib, ariq qazidim, paxta terib, aravada go‘ng tashidim. Tinmadim. Harakatda bo‘lganim uchunmi, shifokorga hech ishim tushmadi, – deydi momo.

– Momomizning salomatligi juda yaxshi, – deydi qishloq vrachlik punkti shifokori Xonsuluv Safarova. – Haftada ikki-uch marta qon bosimini o‘lchab, holidan xabar olib turamiz. Yurak urishi o‘rta yosh kishilarnikidek bir maromda. Ko‘z tegmasin, bardam-baquvvat.

– Halol yashang. Shukur qilguvchi bo‘ling. Harakatda bo‘ling. Hech kimni nohaq ranjitmang, ko‘ngil nozik bo‘ladi, – deydi To‘ti momo. – Bunday farovon, obod kunlarning qadriga yeting, ahil-inoq bo‘ling, bolalarim. Ahillik bor joyda baraka bo‘ladi. Yurtimizdan tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka hech qachon arimasin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi