Sidney−Kuala-Lumpur reysini amalga oshirayotgan Malayziyaning Air Asia X aviakompaniyasi samolyoti Melburnda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Aviakompaniya vakili Airbus 333 samolyoti qo‘nishdan avval aeroport ustida ikki soat aylanib yurgani haqidagi xabarni rad etgan, biroq uchuvchi laynerni qo‘ndirishga birinchi urinishda erishmaganini tan olgan.
Samolyot yo‘lovchilarining va ekipaj a’zolarining hech biriga zarar yetmagan. Favqulodda qo‘nish zarurati texnik nosozlik bilan izohlangan, samolyot o‘zi uchgan Sidney aeroportiga emas, balki Melburnga qo‘nishiga ushbu shahardagi yaxshiroq ob-havo sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Izoh (0)