Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ayollarning tilla taqinchoqlarini yulib olib qochish holatlari ko‘payib ketgach, shahar IIB rahbariyati huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyat qidiruv xizmatlari oldiga talonchiliklar kim tomonidan amalga oshirilayotganini aniqlab, aybdorlarni qo‘lga olish vazifasini qo‘ydi. Bu haqda “Postda” nashri xabar beradi.
1-shahar JQ va UJQKB tezkor vakili bo‘lgan mayor tomonidan olib borilgan harakatlar va guvohlar ko‘rsatmalari natijasida talonchi “ov” vaqtida qo‘lga olindi. Mayorning ta’kidlashicha, ayni bayram arafasida 4 nafar ayolning qulog‘idagi ziragi va bo‘ynidagi qimmatbaho zanjirlari yulib ketilgan.
Izoh (0)