“Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati tomonidan O‘zbekiston qadimiy shaharlarining bugungi hayoti haqida hikoya qiluvchi “Qadim shaharlarning yangi jamoli” deb nomlangan to‘plam taqdim etildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Kitob o‘tgan yili gazeta sahifalarida shu rukn ostida chop etilgan maqolalar va fotosuratlardan iborat.
Jahon tarixiy va madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekistonning qadimiy shaharlari bugungi kunda yirik zamonaviy shaharlarga aylangan. Kitobda gazeta sahifalarida e’lon qilingan materiallar orqali mustaqil mamlakatning mutlaqo o‘zgargan yangi qiyofasi aks ettirilgan bo‘lib, bu kitobxonlarda shu muqaddas Vatandan faxr-iftixor qilish tuyg‘usini uyg‘otadi.
Shubhasiz, o‘z sahifalarida olamshumul o‘zgarishlarni mujassam etgan mazkur kitob keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ladi, deyiladi manbada.
Izoh (0)