NATOning Ikkinchi doimiy harbiy dengiz guruhiga kiruvchi davlatlar harbiy dengiz kuchlarining oltita jangovar kemasi Qora dengizga kirdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Jumladan, Kanadaning raketa qurollarni boshqaruvchi “Frederikton” fregati, AQShning raketa qurollarni boshqaruvchi “Viksburg” kreyseri (bayroqdor), Germaniyaning “Spessart” tanker, Turkiyaning raketa qurollarni boshqaruvchi “Turgutrais” fregati, Italiyaning xuddi shunday “Alizeo” va Ruminiyaning shu turdagi “Regina Mariya” fregatlari Qora dengizga kirgan.
Ushbu kemalar Qora dengizda turishiga ruxsat etilgan 21 sutka ichida Bolgariya, Ruminiya va Turkiya harbiy dengizlarining qo‘shma yig‘inlarida ishtirok etadi.
Izoh (0)