O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 168 ta yong‘in qayd etildi, deb xabar beradi Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati.
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 7 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Ushbu yong‘inlarda 1 milliard 80 million 596 ming so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 956 million 930 ming so‘mdan ortiq moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.
Izoh (0)