Germaniyaning Delmenxorst shahridagi shifoxonada ishlovchi 38 yoshli tibbiyot xodimi ikki nafar bemorni o‘ldirgani va yana ikki nafarining joniga qasd qilishga uringani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Meduza.
Psixiatriya ekspertizasi chog‘ida u 30 bemorni o‘ldirganini tan olgan. Buni sudda uni davolayotgan vrach ma’lum qilgan. Biroq bunday ekspertiza vaqtida berilgan bayonot tan olish akti hisoblanmasligi tufayli sud buni inobatga olmagan.
Psixiatrning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot xodimi keyinchalik reanimatsiya choralarini ko‘rish uchun bemorlarga yurak-qon tomir kasalliklari uchun kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni atayin o‘tkazgan. U bu ishni qutqarilgan bemorlardanminnatdorchilik eshitib, ruhiy qoniqish hosil qilish uchun amalga oshirganini aytgan. U jami 60 ga yaqin bemorga kuchli dorilar bo‘lgan, ulardan yarmi tirik qolgan.
Izoh (0)