MCSquared reklama agentligi aktrisa Sheron Stounga Ekvadorda Chevron neft korporatsiyasiga qarshi kampaniyadagi ishtiroki uchun to‘langan pullar qaytarilishini so‘rab sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Aktrisa 2014-yil aprel oyida agentlik tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlarda qatnashishi kerak bo‘lgan, biroq sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lganini aytib, kerakli joyga bormagan.
MCSquared Stoun va uning agentlaridan jami 352 ming dollar talab qilmoqda. Bundan 275 ming dollar – uning gonorari, 77 ming dollar 9 sent esa safar xarajatlari uchun to‘langan pullarni qoplash uchunligi aytilgan.
Izoh (0)