KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasi jangovar tayyorgarligini oshirish lozimligini aytib, xalqni urushning istalgan shakliga tayyorlanishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Kim Chen In bu haqda Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishidagi chiqishida ma’lum qildi. Yig‘ilish so‘ngida “mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda keskin burilish qilish” haqida qaror qabul qilingan.
Ham KXDRda, ham xorijda vaziyat murakkablashayotganini qayd etgan Kim Chen In “amerikalik imperialistlar” bilan kurash uslublariga ayniqsa batafsil to‘xtalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar armiya tuzilmasi oliy qo‘mondonlikning strategik qarashlariga asosan soddalashtirilsa, mamlakat mudofaa qobiliyati oshadi.
Izoh (0)