O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-fevraldagi qaroriga binoan Xalq ta’limi vazirligi huzurida Bolalar va o’smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Markaz bolalar va o‘smirlar sport maktablari qaysi muassasaga bo‘ysunishidan qat’i nazar, ularning rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari va murabbiy-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Markazni tashkil etish maqsadlaridan biri sifatida bolalar va o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tashkiliy asoslarini butunlay qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish ko‘rsatilgan.
Izoh (0)