Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko xalqaro qidiruvi e’lon qilingan mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Ukraina hududida paydo bo‘lsa, sud oldida javob berishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“Aytishim mumkinki, biz uni sabrsizlik bilan kutyapmiz. U qancha oldin qaytsa, Ukraina uchun shuncha yaxshi. Biroq aminmanki, bu uning o‘zi uchun ham yaxshi. Norozilik harakatini qamoqda boshqaraqolsin”, − dedi Poroshenko.
Qayd etilishicha, hozirda Rossiya hududaida bo‘lib turgan Viktor Yanukovich Birinchi kanalga bergan intervyusida Ukrainaga qaytib, norozilik harakatini boshqarish haqida o‘ylayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Bosh prokuraturasi Viktor Yanukovichga nisbatan 30 ga yaqin jinoyat ishi ochgan. Ukraina Rossiyadan uni ekstraditsiya qilinishini talab qilmoqda. Oliy Rada esa Yanukovichni Ukraina prezidenti maqomidan mahrum qilish to‘g‘risida qonun qabul qilgan.
Izoh (0)